Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

3-sahifa

image

Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi. U Rossiyada "Tavhid va jihod katibasi" terroristik guruhi a’zolari bilan muloqotga kirishib, ularning ta’siriga tushib qolgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1987 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan J.X. 2016-2021 yillarda mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya davlati hududidagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik guruhi a’zolari bilan muloqotga kirishib, ularning ta’siriga tushib qolgan.

Oqibatda J.X. ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining “jihod”ga chorlovchi materiallarini o‘zining yaqin tanishlari orasida targ‘ib qila boshlagan. 

Xabarga ko‘ra, u jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

332

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing