Suriyadagi terroristik tashkilot a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti a’zosi bo‘lgan o‘zbek fuqarosi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1995 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan X.M. xorijda mavsumiy ishlagan davrida internet tarmog‘i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lgan.

Ularning ta’sirida u 2019 yilda Suriyaga borib, “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan.

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.M. xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1093

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing