Suriyadagi AQSH bazasi raketa hujumiga uchradi
Olam
−
09 may 2022
9650Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatidagi AQSH harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi. “Anadolu” agentligining mahalliy manbalarga tayanib xabar berishicha, kecha, 8 may kuni kechasi va tushlik vaqtida Koniko gaz konidagi Amerika bazasiga ikki marta raketalar otilgan.
Hujum Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan xorijiy terrorchilik guruhlari joylashgan hududlardan amalga oshirilgan. Neft koniga zarar yetmagan.
Qayd etilishicha, bir kun avval Dayr-az-Zor tumanlaridan birida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga sodiq xorijlik terrorchilar ob’ektlariga havo hujumi uyushtirilgan. Hujum natijasida to‘qqiz nafar terrorchi halok bo‘lgan, jumladan Iroq va Afg‘oniston fuqarolari, sakkiz nafari yaralangan.
“Frot daryosining sharqidagi Deyr az-Zor hududlari AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan terror tashkiloti YPG/PKK tomonidan nazoratga olingan bo‘lsa, shahar markazi va qishloq hududlari Asad rejimi va Eron qo‘llab-quvvatlagan guruhlar nazoratida”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi