Suriyada vertolyot halokatga uchrab, 20 dan ortiq amerikalik harbiy jarohatlandi

Olam

image

Joriy yilning 11 iyun kuni Suriya shimoli-sharqida vertolyot qulashi oqibatida 22 nafar amerikalik harbiy xizmatchi yaralandi. Bu bo‘yicha AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM)ning Twitter'dagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

"11 iyun kuni Suriya shimoli-sharqida vertolyot halokatida 22 nafar amerikalik harbiy xizmatchi turli darajada jarohat oldi. Ular davolanmoqda, ulardan 10 nafari CENTCOM mas’uliyat hududidan tashqaridagi yuqori darajadagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilindi", deyiladi xabarda.

Aytilishicha, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing