Nazarboyevning nabirasi yetakchilik qilmoqda

Olam

image

“Yedilov Online” telegram kanalining versiyasi bo‘yicha Qozog‘istonning eng yosh va istiqbolli menejerlarining yillik reytingi e’lon qilindi. 50 kishilik ro‘yxatni Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidentining katta nabirasi Nurali Aliyev boshqaryapti, deya xabar beradi “Nur.kz”. 

"Capital Holding" rahbari Nurali Aliyev 34 yoshda. 2018 yilda Aliyev reytingning beshinchi pog‘onasida edi. Birinchi pog‘onada Nursulton Nazarboyevning jiyani, MXQ raisining birinchi o‘rinbosari Samat Abish bo‘lgan. Bu yil Qozog‘istonning eng yosh va istiqbolli menejerlari TOP-50 da ikkinchi o‘rinni Elbasining qizi Aliya Nazarboyeva, uchinchi o‘rinni "KazTransOil" OAJ bosh direktori Dimash Dosanov (37 yosh) egalladi. To‘rtinchi o‘rin Ta’lim va fan vaziri Asxat Aymagambetovga (37 yosh) nasib etgan bo‘lsa, beshinchi o‘rin Prezident ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Aliya Rakishevaga, (39 yosh) oltinchi o‘rin “BeInTech” IT-kompaniyasining Bosh direktori. Bag‘dod Musinga (36 yosh) nasib etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing