Suriya Tashqi ishlar vaziri Muallim vafot etdi
Olam
−
16 noyabr 2020 4159 1 daqiqa
Bugun, 16 noyabr kuni Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid Muallim 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Suriyaning "SANA" davlat agentligiga tayanib xabar berilgan.
Xabarda vazirning o‘limi sabablari ochiqlanmagan.
Ta’kidlanishicha, Muallim Suriya sobiq Prezidenti Xafiz al-Asadning tarafdori bo‘lgan Abdul Halim Haddamning yaqin odamlaridan biri hisoblangan.
Ma’lumot o‘rnida, Muallim 1941 yilning 13 yanvarida Damashqda tug‘ilgan. 2006 yildan beri Suriya Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. U 1964 yildan buyon Suriyaning diplomatik bo‘limlarida turli lavozimlarda ishlagan, shu qatorda Suriyaning AQSHdagi elchisi sifatida ham faoliyat yuritgan. Shuningdek, Muallim Suriya tarixiga oid bir qancha asarlar yozgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025