Suriya koronavirus zarbasiga dosh bera oladimi?

Olam

image

Xalqaro gumanitar yordam tashkiloti “Chegara bilmas shifokorlar” (MSF) Suriyaning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga tayyorligi va mamlakatning shimoliy-sharqida COVID-19 tufayli birinchi o‘lim haqida xabarlar tarqalishidan xavotirda ekanligini bildirdi.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, to‘qqiz yillik mojarolar va mamlakatning shimoli-sharqidagi urushlar sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy zarar yetkazdi. Ko‘pgina tibbiy muassasalar ishlamayapti, ishlayotganlarida ham muammolar yetarlicha. Dori-darmonlar va tibbiyot xodimlarining yetishmasligi, sog‘liqni saqlash tizimining zaifligi sabab mamlakat virusning tarqalishiga qarshi kurashda yetarli darajada javob bera olmaydi.

“Chegara bilmas shifokorlar” mintaqadagi ayrim tibbiy muassasalar koronavirusga chalingan bemorlarni tezda qamrab olishiga umid bildirmoqda.

MSF mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Suriyani koronavirus bilan kasallanganlar sonini ko‘payishiga tayyorlash uchun ishlamoqda.

“Biz testlar, kasalxonalar, shaxsiy himoya vositalarining yo‘qligidan juda xavotirlanyapmiz”, dedi Suriyada favqulodda vaziyatda “Chegara bilmas shifokorlar” direktori Kristal Van Leuven.

Suriya hukumati 25 mart kundan komendantlik soati joriy qildi, 18:00 dan 6:00 gacha mamlakatning barcha aholi punktlarida ko‘chaga chiqish taqiqlandi, dam olish kunlari taqiq 12:00 dan boshlanadi. Aeroportlar, dengiz portlari va quruqlikdagi chegara punktlari faoliyati to‘xtatildi. Aholi punktlarida oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalar ishlashni davom ettirmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyada 38 ta infeksiya yuqtirish holati rasman tasdiqlangan. Bemorlardan ikki kishi vafot etgan va besh kishi sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Suriyada

Baholaganlar

130

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar