Surxondaryoda uch kishiga pulni qalbakilashtirgani uchun sud hukmi o‘qildi. Pullar Toshkentda ishlab chiqarilgan

Jamiyat

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudida Surxondaryoda qalbaki pul o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hukm o‘qildi.  Sudning joriy yil 30 yanvardagi hukmi bilan Sh.N., Ch.B. va D.U. O‘zbekiston Respublikasi JKning 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan, ya’ni qalbaki pul o‘tkazganligi uchun aybdor deb topildi.

Surxondaryolik uch nafar shaxs – Sh.N., Ch.B. va D.U. o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘tkazish maqsadida yasalgan 50 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullarni Surxondaryo viloyati hududidagi bozorlar, savdo ob’ektlari va boshqa joylarda o‘tkazish maqsadini ko‘zlaydi. 

Ular 2018 yil 13 sentyabr kuni, soat taxminan 10:30 larda Qiziriq tumani “Obod yurt” mahallasida joylashgan mol bozorida D.P.dan bir bosh sigirni 5 million so‘mlik kupyuradagi qalbaki pul evaziga sotib oladilar. D.P.da shubha uyg‘otganligi sababli, bu haqida IIBga xodimlariga murojaat qilgan va qonunbuzarlar qo‘lga olingan.

Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, ushbu pul mablag‘lari Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan (bu holat yuzasidan alohida jinoyat ishi mavjud).

Sud sudlanuvchilarga nisbatan jazo tayinlashda sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda hukm chiqardi. 

Jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida e’tirof etilgan 184 dona 50 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar yo‘q qilinishi belgilandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Qalbaki pullar

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing