Superklublikka da’vogar “Nyukasl”ni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Nyukasl” jamoasi yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga keldi. Bu haqda insayder Fabritsi Romano o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali xabar bermoqda.  Manbaga ko‘ra, britaniyalik mutaxassis Eddi Xou yaqin kunlarda “qarg‘alar”ning yangi murabbiyi bo‘ladi.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, 43 yoshli mutaxassis “Nyukasl” bilan 2024 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi. Bitimning moliyaviy tafsilotlari hozircha noma’lum.

Oldinroq “Nyukasl Yunayted” rahbariyati “Ayaks” bosh murabbiyi Erik ten Xag, Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines, “Reynjers”ning angliyalik murabbiyi Stiven Jerrard va ispaniyalik mutaxassis Unai Emerilarni taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, OAV “qarg‘alar” hozirda ishsiz bo‘lgan Jennaro Gattuzo, Paulo Fonseka va Lyusen Favr kabi mutaxassislar bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘rgani haqida aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 20 oktyabr kuni “Nyukasl” bosh murabbiyi Stiv Bryusni iste’foga chiqargandi. Klub 2021/2022 yilgi Angliya Premer-ligasida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ochko qo‘lga kiritgan va turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing