Super ligada iyun oyining eng yaxshilari aniqlandi

Sport

image

O‘zbekiston professional futbol ligasi (PFL) Super ligada iyun oyning eng yaxshilarini e’lon qildi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Namanganning “Navbahor” klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskandarov Super ligada iyun oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O‘tgan oyda Iskandarov “lochinlar” safida uchta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishning uddasidan chiqqan.

Iyun oyining eng yaxshi murabbiyi deb “Olimpik” ustozi Timur Kapadze e’tirof etildi. Kapadze iyunda 4 ta uchrashuv o‘tkazgan va ularning birontasida mag‘lubiyatga uchramagan. Ya’ni, Timur Kapadze hisobida 1 ta g‘alaba va 3 ta durrang natija bor.

Ma’lumot uchun, may oyida “Nasaf” yarim himoyachisi Oybek Bozorov eng yaxshi futbolchi deb topilgan bo‘lsa, “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev eng yaxshi murabbiy deya e’tirof etilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing