Buxoro viloyati SSBga boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
07 avgust 2021 7042 1 daqiqa
Askar Baxronov Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar “Shuhrat” medali sohibi Askar Baxronov 2020 yildan boshlab Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, 50 yoshli Askar Baxronovning mutaxassisligi vrach-reanimatolog bo‘lib, u o‘z faoliyatini Buxoro viloyati markaziy kasalxonasidan boshlagan. Keyinchalik bir qancha xususiy tibbiyot muassasalarda, so‘ngra Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez yordam markazi reanimatsiya bo‘limi reanimatolog vrachi, shoshilinch tez yordam markazi bo‘limi mudiri, ushbu tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifalarida ishlagan. 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust