So‘nggi sutkada 1 000 dan ortiq odamda koronavirus va pnevmoniya aniqlandi

Jamiyat

image

Kecha, 4 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 912 kishida koronavirus va 155 kishida pnevmoniya qayd etildi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 227909 nafarga yetdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 35 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 21 nafari Andijon viloyatida;
  • 26 nafari Buxoro viloyatida;
  • 19 nafari Jizzax viloyatida;
  • 26 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 13 nafari Navoiy viloyatida;
  • 20 nafari Namangan viloyatida;
  • 52 nafari Samarqand viloyatida;
  • 11 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 45 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 74 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 26 nafari Xorazm viloyatida;
  • 103 nafari Toshkent viloyatida;
  • 441 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 37 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 35 nafar;
  • Navoiy viloyatida 13 nafar;
  • Samarqand viloyatida 118 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 14 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 73 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 96 nafar;
  • Xorazm viloyatida 12 nafar;
  • Toshkent viloyatida 25 nafar;
  • Toshkent shahrida 34 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 211731 (+457) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1581 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 155 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing