So‘nggi olti oyda qancha chaqaloq ko‘chada tug‘ilgani ochiqlandi
Jamiyat
−
10 iyul 2022
9386Toshkentda joriy yilning yanvar-iyun oylarida 3 nafar ayol “Tez yordam” mashinasida, yana 25 nafar ayol o‘z uyida farzandini dunyoga keltirgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida Toshkent shahar “103” xizmatiga tug‘uruq va homiladorlik patologiyalari bo‘yicha jami 21 ming 143 ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan 38-40 haftalik homiladorlik davrida bo‘lgan 2342 nafar ayol tug‘uruq uchun murojaat qilgan.
Bundan tashqari, 25 nafar homilador ayol o‘z uyida farzandli bo‘lgan. Kutilmaganda boshlangan tug‘uruq va yana boshqa omillar sababli esa 3 nafar ona chaqalog‘ini “Tez yordam” mashinasida dunyoga keltirgan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahar "Tez yordam" xizmatiga jami 622 ming 578 ta chaqiriq kelib tushgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyul kuni Toshkent viloyati Qibray tumanidagi poliklinika shifokori avtomobilda shoshilinch tug‘uruqni amalga oshirgandi.
LiveBarchasi