So‘nggi ikki kunda urush maydonidan qancha chaqaloq O‘zbekistonga olib kelindi?
Jamiyat
−
07 mart 2022
10392Joriy yilning 6-7 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse ayeeroporti orqali 674 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 109 nafar ayol, 57 nafar voyaga yetgaman shaxs va 12 nafar chaqaloq Vataniga olib kelingan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 28 fevraldan 7 martga qadar 19 ta aviareys tashkillashtirilgan hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 359 nafar o‘zbekistonlik Vataniga qaytarilgan.
Bugun, 7 mart kuni yana bitta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Polsha hududida O‘zbekistonning 350 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 80 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, qariyb 270 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
“O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo‘lib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqda”, deydi Yusuf Qobuljonov.
LiveBarchasi