So‘nggi bir yil ichida dunyo boylari soni ortdi

Olam

image

Wealth-X tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida dunyodagi eng boy odamlarning soni 10 foizga o‘sdi. 

Ta’kidlanishicha, dunyoda boyligi besh million dollardan o‘ttiz million dollargacha bo‘lganlar 2,7 million kishini tashkil etadi. Ya’ni ularning umumiy daromadi 26,6 trln.

Dunyo boylarining aksariyati Shimoliy Amerikada yashaydi, ularning boyligi 2019 yilda 15 foizga oshdi.

Daromadning o‘sishi Osiyo va Afrikadagi badavlat odamlar orasida ham kuzatilmoqda.

Avvalroq Bloomberg mutaxassislari tadbirkor Ilon Mask bir soat ichida 2,3 milliard dollar boylik orttirganini ma’lum qilgan edi. Tadbirkorning boyligi u rahbarlik qilayotgan Tesla kompaniyasining bozor kapitallashuvining o‘sishi hisobiga ko‘paygan. Nyu-York fond birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, savdoning yakunida birja kotirovkalari ko‘tarilib, Mask kapitali 36 milliard dollarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing