So‘nggi 4 oyda O‘zbekistonga olib kelingan elektromobillar haqida ma’lumot berildi
Jamiyat
−
21 may 2021
6206Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan 156 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138 taga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Joriy yilning aprel oyida 65 ta elektromobil import qilingan.
Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston, asosan, quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy — 119 ta;
- Turkiya — 24 ta;
- Koreya — 4 ta;
- AQSH — 4 ta;
- Germaniya — 3 ta;
- Litva — 1 ta;
- Ispaniya — 1 ta.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida elektromobil import qilgan hududlar:
- Toshkent shahri — 150 ta;
- Samarqand viloyati — 2 ta;
- Andijon viloyati — 2 ta;
- Toshkent viloyati — 1 ta;
- Sirdaryo viloyati — 1 ta.
So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:
- 2018 yilda — 13 ta;
- 2019 yilda — 39 ta;
- 2020 yilda — 131 ta.
Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSH dollari sarflangan.
LiveBarchasi