Sunak Zelenskiy bilan uchrashdi. Britaniya Ukrainaga yangi qurollar va’da qildi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bugun, 19 noyabr kuni Kiyevga tashrif bilan keldi va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi, unda xavfsizlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi va uchrashuvdan videoni joylashtirdi.

Videoda Sunak Ukraina Prezidenti qarorgohiga mashinada qanday yetib kelgani, Zelenskiy uni kiraverishda kutib olgani ko‘rsatilgan.

“Bugungi uchrashuvda mamlakatlarimiz uchun ham, global xavfsizlik uchun ham eng muhim masalalarni muhokama qildik”, deb yozadi Zelenskiy.

U Buyuk Britaniya va Ukraina “birgalikda kuchliroq” ekanini va “istalgan natijaga” erisha olishini ta’kidlagan.

Britaniya hukumati rahbari devoni Rishi Sunak Zelenskiy bilan uchrashganidan keyin rasmiy London Ukrainaga 125 ta zenit quroli va havo mudofaasi va dronlar hujumidan yaxshiroq himoyalanishi uchun maxsus texnikalar yetkazib berilishini e’lon qildi.

“Bugun biz [Ukrainani] yangi havo hujumidan mudofaa vositalari, jumladan, zenit qurollari, radarlar va dronlar bilan ta’minlamoqdamiz, shuningdek, sovuq va qattiq qish arafasida Ukrainaga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami hajmini oshirmoqdamiz”, degan Sunak.

Xabarda qayd etilishicha, harbiy yordamning yangi paketi hajmi 50 million funt sterlingni (59,5 million dollar) tashkil etadi. Uchrashuvda Sunak va Zelenskiy Ukrainani mojaro tugaganidan keyin “qayta qurish rejalari”ni ham muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing