Sunak va Shols Kiyevga yordamni rekord darajaga chiqarish kerakligini aytdi 

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak va Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni rekord darajada ushlab turish zarur deb hisoblaydi. Bu haqda bugun, 18 fevral kuni Myunxenda bo‘lib o‘tgan yetakchilar uchrashuvidan so‘ng Sunak idorasi tarqatgan bayonotda aytildi.

“Rahbarlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni rekord darajada ushlab turish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldilar. Shuningdek, ular G‘arbning jangovar tanklar va boshqa jihozlarni yetkazib berish taklifi yaqinda jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirishiga ishonch bildirdi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Sunak NATO ittifoqchilari nafaqat qisqa muddatda tinchlikni qanday ta’minlash haqida, balki Ukrainaning mudofaa qobiliyatini uzoq muddatli mustahkamlash haqida ham o‘ylashlari kerakligini ta’kidlagan.

Uchrashuvda ikki davlat hukumat rahbarlari ham NATOni mustahkamlash muhimligini ta’kidlab, Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashlarini yana bir bor ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Germaniyaning Myunxen shahrida 59-xavfsizlik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ukrainadagi urush forumning asosiy mavzusi bo‘lib turibdi. Tadbirda AQSH tomonidan vitse-prezident Kamala Xarris va Davlat kotibi Entoni Blinken, Xitoy tarafdan Kommunistik partiya markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I, Germaniya kansleri Olaf Shols va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak kabi dunyo liderlari ishtirok etmoqda.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing