So‘xlik bloger ozod etildi

Jamiyat

−

image

So‘x tumanida yuz bergan ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumon qilinib shu yilning 23 avgustidan buyon hibsda ushlab turilgan bloger Haydarjon Bobohaydarov (Dadaxon Haydarov) ozodlikka chiqarildi. Bu ma’lumotni QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

Dadaxon Haydarov ushlab turish uchun yetarli asos bo‘lmagani uchun ozod qilingan.

Ma’lumot uchun, u may oyi oxirida So‘x tumanida yuz bergan tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumonlanib, JPKning 226-moddasi tartibida ushlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar