Qiziqchi Valijon Shamshiyev rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Valijon Shamshiyev Toshkent shahri Yashnobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.

“Hammamizning maqsadimiz bitta - O‘zbekiston kelajagini yanada gullatib yashnatish va uning uchun farzandlarimizni tarbiyalash. Farzandlar tarbiyasida qo‘limdan kelgancha sizlar bilan birgalikda xizmat qilaman”, deb o‘z xizmat vazifasiga kirishdi san’atkor.

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi xabariga ko‘ra, tayinlov Xalq ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun 2019 yilning oktyabrida Prezident qaroriga muvofiq, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi «Barkamol avlod» respublika va hududiy bolalar markazlari negizida Respublika va hududiy "Barkamol avlod" bolalar maktablari tashkil etilgan edi. «Barkamol avlod» bolalar maktablarida 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab “STEAM — ta’lim” dasturi joriy etilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Valijon Shamshiev

Baholaganlar

3018

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar