Sug‘orish tik quduqlarining har metri uchun davlat pul to‘laydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sug‘orish tik quduqlarini burg‘ulash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

Nizomga muvofiq, burg‘ulangan sug‘orish tik quduqlarining har bir metr chuqurligi uchun 100 ming so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Subsidiya oluvchi ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar ro‘yxati maxsus ishchi guruhlar tomonidan shakllantiriladi.

Subsidiya olish uchun ishchi guruhga bir qator hujjatlar taqdim qilinadi.

Ishchi guruh 5 kunda hujjatlarni o‘rganadi va xulosa tayyorlaydi.

Ishchi guruhning ijobiy xulosasini olgan va subsidiya olishga talabgor ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning ro‘yxati har oyda shakllantiriladi.

Ro‘yxat har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasigacha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi va viloyat moliya bosh boshqarmalariga yuboriladi.

Veterinariya va chorvachilik qo‘mitasi ro‘yxatlarni umumlashtirib oyning 10 sanasigacha Moliya vazirligiga taqdim qiladi.

Moliya vazirligi 3 kunda subsidiya ajratish uchun mahalliy byudjetlar parametrlariga o‘zgartirishlar kiritadi.

Hududiy moliya organlari esa 1 kunda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining hisobvarag‘lariga mablag‘larni o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

sug‘orish burg‘ulash

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar