Sudanda qabilalararo to‘qnashuvlarda 199 kishi halok bo‘ldi

Olam 3738
image

Sudan g‘arbidagi Darfur mintaqasida joriy yilning oktyabr oyidan beri davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar oqibatida hozirgacha 199 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Sudan Tibbiyot qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, qabilalararo to‘qnashuvlar G‘arbiy Darfur, Markaziy Darfur va Janubiy Darfur provinsiyalarida sodir bo‘lmoqda.

Qo‘mita mintaqadagi shifoxonalarda o‘lim holatlarining faqat rasmiy soni qayd etilgani, qurbonlarning haqiqiy soni esa bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Tashkilotning qayd etishicha, o‘lganlarning bir qismini xavfsizlik nuqtai nazaridan to‘qnashuv maydonidan olib chiqib bo‘lmaydi.

Darfur mojarosi Sudanning Darfur mintaqasidagi millatlararo mojaro bo‘lib, markaziy hukumat, hukumatparast arab “Janjavid” guruhlari va mahalliy negroidlar isyonchi guruhlari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv hisoblanadi.

 

Munira Tursunova

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 77
Reyting: 3
t
×