Yana uch nafar sudya muddatdan oldin ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tegishli qarorilari bilan yana uch nafar sudya vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining raisi R. Turginov va Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining raisi M. Sheryigitov yozma arizalariga binoan, Buxoro viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Sh. Ne’matov esa sudyalik qasamyodini buzgani uchun  lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Bundan tashqari, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun  Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi M. Hasanova hamda Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining raisi  Sh. Togoyev  intizomiy javobgarlikka tortildi.

Kengash matbuot xizmatiga ko‘ra, 2022 yilning o‘tgan davri mobaynidan jami 8 nafar sudya vazifasidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing