Sudyalik qasamyodini buzgan ikki nafar sudya ishdan olindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining qaroriga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida va Toshkent shahrida sudya hamda sud raisining o‘rinbosari sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi Gulnora Karimovna Obidova va Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari Xazratqulov Tursunovich Odilbek lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Ma’lum qilishicha, Gulnora Obidova va  Odilbek Xazratqulov sudyalik qasamyodini buzib, adolatli ish olib bormagani sababli ishdan olingan.

Bundan tashqari, Sherzod Kasimovich Hoshimov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona harbiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilingan.

Tojidin Sharofidinovich Vahobov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilingan.

Nodirjon Nosirovich Raimqulov – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.

Shuningdek, kengash qaroriga ko‘ra:

Shehroz Turayevich Omonov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining raisi lavozimiga; 

Kaxramon Sirojiddinovich Mirsafayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing