Sudya pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
24 noyabr 15112 1 daqiqa
Hakamlik sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hakamlik sudi sudyasi o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreya davlatiga mavsumiy ishchi sifatida yuborishga kelishib, 15 000 AQSH dollari talab qilgan. U ishni tezroq bitirib berish uchun oldindan 4 100 AQSH dollar olgan.
Ammo bergan va’dasini ustidan chiqa olmagach, muqaddam olgan pul mablag‘idan bir qismini qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 28 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddasi (pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda “soxta” ichki ishlar xodimi ushlangandi.
Live
Barchasi