Sud tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Bugun, 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Kengash qaroriga ko‘ra:

  • Namazbayeva Saragul Xalbayevna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • Vohidov G‘olibjon Sa’diyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
  • Norqobilov Jasur Xolboyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek:

  • Muratov Dovran Jumageldiyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

271

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing