Sud rossiyalik tadbirkorni firibgarlikda aybdor deb topdi

Olam

image

Kecha, 14 fevral kuni AQSH sudi rossiyalik tadbirkor Vladislav Klyushinni Amerika kompyuter tarmoqlaridan o‘g‘irlangan ma’lumotlardan foydalangan holda yirik moliyaviy firibgarlikda ishtirok etganlikda aybdor deb topdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi. 

Sud jarayonida Boston federal sudida ikki hafta davom etgan. 

Klyushin barcha moddalar, jumladan, pul o‘tkazmalari va qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq firibgarliklarda aybdor deb topildi. 

Ayblov tomoni xakerlar AQSHda joylashgan ikki kompaniya xodimlarining foydalanuvchi nomlari va parollarini o‘g‘irlaganlikda, ular orqali hujjatlar Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasiga taqdim etilganini da’vo qilgan. Keyin ular kompyuterlarni buzib, yuzlab kompaniyalardan, jumladan Microsoft va Tesla’dan ma’lumot olgan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ma’lumotlardan foydalanib, ular sxemalarni buzib, 90 million dollarga yaqin pul olgan. 

Klyushinning advokati o‘zining kirish so‘zida uning mijozi ushbu sxemalarning ishtirokchisi emasligini aytgan. 

O‘tgan yilning mart oyida Klyushin AQSH talabiga binoan Shveysariyada hibsga olingan edi. Dekabr oyida Shveysariya rasmiylari uni AQSHga ekstraditsiya qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 fevral kuni London sudida Britaniyaning Berlindagi elchixonasi qo‘riqchisi Devid Smit maxfiy ma’lumotlarni to‘plab, Rossiyaga josuslik qilganini tan oldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladislava Klyushin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar