Sud Ronaldu ustidan ochilgan jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha hukm chiqardi

Sport

image

Futbolchi Krishtianu Ronaldu sobiq model Ketrin Mayorga 56 million funt to‘lashi shart emas. Bu haqda “The Associated Press” agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Las-Vegas okrug sudyasi Jennifer Dorsi joriy yilning 10 iyun kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisi chog‘ida Mayorning advokati Lesli Mark Stovallning “o‘g‘irlangan” maxfiy hujjatlardan foydalanganiga asoslanib, da’voni rad etgan.

Sudya Dorsi ishni qayta da’vo qilish imkoniyatisiz butunlay to‘xtatishni buyurdi. Mayorga tomoni bu qaror ustidan San-Fransiskodagi tuman apellyatsiya sudiga shikoyat qilish huquqiga ega.

Qayd etish joizki, sud jarayonlari 2018 yil sentyabrida model Ketrin 2009 yil iyun oyida mehmonxonadagi zo‘rlash ishi bo‘yicha sudga murojaat qilganidan keyin boshlangan. Ketrin Mayor sukut saqlagani uchun Ronaldudan 375 ming dollar olgani aytilgan. Keyinchalik portugaliyalik futbolchi bu pullarni Ketrinning hisob raqamiga o‘tkazganini tan olgan. 2020 yil oktyabr oyida model Ronalduning ustidan sudga qayta murojaat qilgan. Uning ta’kidlashicha, 2010 yilda Ronaldu bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan voqealarni ommaga oshkor qilmaslik to‘g‘risidagi kelishuv futbolchini javobgarlikdan ozod qilish uchun yetarli emas.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2622

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing