Sud majlisini keyinga qoldirish tartibida o‘zgarishlar bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual кодексига o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga мuвофиқ O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 yanvarda qabul qilingan O‘RQ–461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual кодексига quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

171-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Sud kutilmagan va favqulodda holatlarda ishni sud majlisida ko‘rish mumkin bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan:

tarafning iltimosnomasi bo‘yicha, u nizoni kelishuv yo‘li bilan hal qilish maqsadida suddan ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilgan taqdirda;

agar sud majlisining vaқти va joyi haqida тегishли tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilgan bo‘lsa va башарти ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni ko‘rish mumkin bo‘lmasa;

ishda ishtirok etuvchi shaxsning o‘z vakili sud majlisiga uzrli sababga ko‘ra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi bo‘yicha;

sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni ushbu shaxsning ishtirokisiz ko‘rish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda;

tarafning qo‘shimcha dalillar taqdim etish yoki uchinchi shaxslardan talab qilib olish zarurati bilan bog‘liq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi bo‘yicha;

sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilayotganda videokonferensaloqa o‘rnatish imkoni bo‘lmagan taqdirda;

sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi kelmagan va ko‘rsatilgan shaxsning sud muhokamasiniнг vaқти va joyi haqida тегishли tarzda xabardor qilinganligi to‘g‘risida dalillar mavjud bo‘lmagan taqdirda;

ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni ishga daxldor bo‘lgan javobgar bilan almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda;

nizoli huquqiy munosabatdan chiqib ketgan tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda;

ikkinchi javobgarni yoki uchinchi tarafni ishda ishtirok etish uchun jalb etish zarur bo‘lgan taqdirda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.

Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni бартараф etish uchun zarur bo‘lgan muddatga ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun nazarda tutilgan muddat doirasida, biroq ko‘pi bilan o‘n kunga qoldirilishi mumkin.

Sud muhokamasini keyinga qoldirishlar soni uch martadan oshmasligi kerak.

Sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.

Agar sud majlisida taraflar hozir bo‘lsa, sud kelgan guvohlarni sud muhokamasi keyinga qoldirilguniga qadar so‘roq qilishga haqli. Bu guvohlarning ko‘rsatuvlari yangi sud majlisida o‘qib eshittiriladi. Ushbu guvohlarni yangi sud majlisiga takroran chaqirish faqat zarur hollarda amalga oshiriladi.

Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaқти va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi.

Sud muhokamasi keyinga qoldirilganidan so‘ng davom ettiriladi.

Zarur bo‘lgan taqdirda ishning muhokamasi u qoldirilganidan keyin boshidan boshlanadi”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing