Sud Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining o‘g‘li bilan bog‘liq qarorni bekor qildi
Olam
−
05 aprel 2021
12081Bugun, 5 aprel kuni Bishkek shahar sudi Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Toshiyevning o‘g‘li Tamerlan Toshiyevga nisbatan birinchi instansiya qarorini bekor qildi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ikkinchi instansiya kichik Toshiyev advokatlarining kassatsiya shikoyatini qisman qondirgan. Sudga kiritilgan shikoyatda advokatlar o‘z mijozini oqlashni iltimos qilgan.
Natijada, jinoyat ishi Oktyabr tuman sudiga qayti ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
Ma’lumot uchun, 2013 yil 1 dekabr kuni politsiya Respublika poytaxtida bir necha talabalarni hibsga olgan. Ularning orasida kichik Toshiyev ham bo‘lgan. Bishkek politsiya boshqarmasi Matbuot xizmati talabalar haqida “Honda Accord” rusumli avtomobildan g‘ildiraklarni o‘g‘irlashga uringanlikda gumon qilinayotgani to‘g‘risida ma’lumot tarqatgan.
Hibsga olish paytida gumonlanuvchilar kichik Toshiyev boshqargan Mercedes rusumli avtomobilda bo‘lgan. Avtomobilni tekshirish paytida huquqni muhofaza qilish organi xodimlari 8 ta g‘isht, 20 dona g‘ildirak boltlari, 3 g‘ildirak kalitlari va ko‘targich topgan.
Shundan so‘ng militsiya Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining “O‘g‘irlikka urinish”, ”Voyaga yetmaganni jinoyat sodir etishga jalb qilish” bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atgan.
Tergov davomida Oktyabr tuman sudi ushbu ish bo‘yicha barcha sudlanuvchilarni uy qamog‘iga hukm qildi va bir yildan so‘ng militsiya jinoyat ishi materiallarini o‘sha sudga oshirdi.
LiveBarchasi