Sud davlatga xiyonatda ayblanayotgan Poroshenko ishi bo‘yicha qaror chiqardi

Olam

image

Kiyev sudi davlatga xiyonatda ayblanayotgan Ukrainaning beshinchi Prezidenti Pyotr Poroshenkoga nisbatan ehtiyot chorasini tanladi. Sobiq davlat rahbari shaxsiy majburiyat bilan ozodlikda qoladigan bo‘ldi. Bu haqda RBK xabar bermoqda. 

Ma’lumot uchun, Poroshenko ishi bo‘yicha birinchi uchrashuv joriy yilning 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan, biroq qaror qabul qilish 19 yanvarga qoldirilgandi. O‘sha kuni uchrashuv 10 soatdan ortiq davom etgan. “Ukraina 24” va “Gordon” telekanallari sudya Aleksey Sokolovning sud majlisida kasal bo‘lib qolgani haqida xabar berdi, ammo sudda bu ma’lumot rad etilgan. Poroshenkoning o‘zi esa uchrashuv Ukraina rasmiylari “qo‘rqib ketgani” uchun qoldirilganini aytgan.

Davlat tergov byurosi Prezidentni ikki oyga hibsga olishni talab qilgan. Poroshenkoga nisbatan Ukraina Jinoyat kodeksining “Terrorizmni moliyalashtirish”, “Davlatga xiyonat” va “Terrorchi tashkilot tuzish” moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Ammo siyosatchi ayblovlarga qo‘shilmasligini aytib, o‘zining ta’qibini siyosiy deb atagan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbari sifatida Poroshenko Rossiya hamda o‘z-o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari rasmiylari bilan til biriktirib, Donbassdan Ukrainaga ko‘mir eksport qilish sxemasini tashkil qilgan. Tergovchilarning ta’kidlashicha, Ukrainaga jami 1,5 milliard griven (4 milliard rubl) miqdorida ko‘mir tashilgan. 

Sobiq Prezident bilan birga “ko‘mir” ishida Viktor Medvedchuk, Ukrainaning “Hayot uchun muxolifat platformasi” partiyasi siyosiy kengashi rahbari, tadbirkor Sergey Kuzyara va sobiq Energetika vaziri Vladimir Demchishin ham ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

499

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing