Suares “Nasional”dagi jamoadoshlariga qimmatbaho sovg‘a berib xayrlashdi
Sport
−
08 noyabr 2022
4113Hujumchi Luis Suares Montevidoning “Nasional” klubi bilan xayrlashdi. Suares joriy mavsumda “Nasional” bilan Urugvay chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Suares jamoadoshlariga qimmatbaho sovg‘alar berishga qaror qilgan va har bir sherigiga iPhone 14 smartfonini sovg‘a qilgan.
Umumiy olganda, sovg‘alar “Groningen”, “Ayaks”, “Liverpul” “Barselona” va “Atletiko”ning sobiq futbolchisiga o‘ttiz ming yevroga tushgan.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda 35 yoshli urugvaylik futbolchi bor e’tiborini Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishga qaratgan , so‘ngra u o‘ziga yangi klub izlaydi.
“Nasional” safida hujumchi 16 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o‘tamiz, Luis Suares o‘tgan yozda “Atletiko Madrid”dan Urugvay klubiga ko‘chib o‘tgandi.
Mushtariy G‘aniyeva
LiveBarchasi