Suares Italiya klubi bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi
Sport
−
14 iyul 2022
2338“Barselona” va “Atletiko” klublarining sobiq hujumchisi Luis Suares faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Futbolchiga “Milan” da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda “As” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 35 yoshli hujumchining “Milan” bilan shartnoma imzolashiga bir qadam qoldi. Urugvaylik futbolchini sotib olishga Italiyaning “Monsa” klubi ham harakat qilgan. Bu jamoa A Seriyaga yaqinda qaytdi va o‘z oldiga jiddiy maqsadlar qo‘ygan. Klubga Italiyaning sobiq Bosh vaziri hamda tadbirkor Silvio Berluskoni rahbarlik qiladi.
Ikki klub ham Suaresga bonuslardan tashqari yiliga 4 million yevrolik maosh to‘lashga tayyor ekanligini bildirgan. Shuningdek, Suaresga Turkiyaning “Fenerbahche” jamoasi yiliga 6 million yevrolik maoshni o‘z ichiga oluvchi shartnoma taklif qilgan. Biroq Luisning o‘ziga Italiyada o‘ynash ma’qul kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Suares joriy yilning yozida shartnomasi muddati tugagani sababli Madridning “Atletiko” klubini tark etdi. Hozirda u erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi