Su-57 qiruvchisi “aqlli bomba” ga ega bo‘ladi
Texnologiya
−
13 may 2019
7295Bombani seriyali ishlab chiqarish keyingi yilga rejalashtirilmoqda
Avvalroq, Beshinchi avlodga mansub qiruvchi 5+ tizimidagi super dvigatel bilan jihozlangan Su-57 2019 yilning noyabr oyida Rossiya aviatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi haqida xabar bergan edik.
Rossiyaning Su-57 qiruvchisi KAB-250 modulli yangi avloddagi “aqlli bomba” bilan jihozlanadi.
Bu haqda “Region” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi diretori Igor Krыlov TASS axborot agentligiga ma’lum qilgan .
“KAB-250 sinovlari yakuniy bosqichda. Biz qurolning xususiyatlarini yana bir bor tasdiqlab olishimiz kerak va bu yaqin kelajakda amalga oshishiga umid qilamiz. Yangi aviabomba Su-34 bambordimonchi samolyotida to‘liq sinovdan o‘tdi va ayni paytda biz uni Su-35 qiruvchisiga integratsiya qilish arafasidamiz. Bundan tashqari, KAB-250 ni 5-avlod qiruvchisi Su-57ning korpusi ichiga joylashtirish rejalashtirilgan.”, deydi Krыlov.
Ma’lum bo‘lishicha, KAB-250 ni ishlab chiqarish yakuniga yetgan. Ushbu “aqlli bomba”ni zavodda seriyali ishlab chiqarish keyingi yilga mo‘ljallanmoqda.
Rossiyaning Su-57 5-avlod qiruvchisi havo va quruqlikda, suv sathidagi har qanday texnikaga qaqshatqich zarba bera oladi. Samolyot tovush tezligidanda yuqoriroq parvoz qila olish imkoniga ega. Shuningdek, qiruvchi radarlarda ko‘rinmaslik xususiyati va eng so‘nggi texnologiyali o‘q-dori hamda aviabombalarni tashiy olishi bilan ham ajralib turadi.
LiveBarchasi