Stress – kasalliklarning avj olish nuqtasi...mi?
Biznes
−
16 dekabr 2021
9896Stress – inson organizmining haddan tashqari zo‘riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga bo‘lgan javob reaksiyasidir. Biz arzimas deb hisoblagan asabiylik, tushkunlik, qo‘rquv yoki xavotirlar borib-borib stress va depressiyaga aylanadi. Stressning uzoq vaqt davom etishi esa yuzlab kasalliklarga yo‘l ochadi.
Qanday paydo bo‘ladi?
Stressning paydo bo‘lish mexanizmlari batafsil o‘rganilib chiqilgan va juda murakkab jarayon ekanligi oydinlashgan. Ya’ni, ular gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz bilan bog‘liq. Shuni ta’kidlash kerakki, og‘ir stresslar sog‘liqqa o‘ta jiddiy ta’sir qiladi. Immunitetni pasaytiradi va ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘ladi (yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va boshqalar). Doimiy bezovtalik, tushkun holatda yurish, ba’zida bu holatlar hech qanday sabablarsiz yuzaga keladi.
Depressiya, jismoniy zaiflik, bosh og‘rig‘i, charchoq, hech narsa yoqmasligi, diqqatning kamayishi – bu o‘qish yoki ishlashni qiyinlashtiradi. Xotiradagi muammolar va fikrlash jarayonining sekinlashuviga olib keladi. Boshqalarga, hatto, eng yaxshi do‘stlarga, oila taqdiriga befarq bo‘lishgacha olib boradi. Doimiy paydo bo‘ladigan yig‘lash, ko‘z yosh to‘kish, xafagarchilik, umidsizlik, o‘z-o‘ziga achinish hissi, ishtahaning pasayishi rivojlanadi. Ko‘pincha asabiy odatlar shakllanadi: kishi labini, tirnoqlarini tishlaydi…
Oqibatlari
Stress shaxsda bezovtalik va aybdorlik hissi, tez charchash, qo‘pol muomalaning odat tusga kirib qolishi, janjal chiqarish ehtimoli yuqori bo‘lishi, qon bosimining ko‘tarilishi, oldiga qo‘yilgan masalalarni yecha olmaslik, mas’uliyatni his qilmaslik, mehnat unumdorligining pasayishi kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Klinik kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, kichik stresslar tanaga zararli emas, hatto, foydali. Ular odamni hozirgi ahvoldan chiqish yo‘lini topish uchun rag‘batlantiradilar. Depressiya og‘irroq, uzoq muddatli shaklga o‘tmasligi uchun har birimiz o‘zimizni tarbiyalashimiz, irodamizni rivojlantirishimiz kerak. Ko‘p odamlar stressga qarshi antidepressantlar, spirtli ichimliklar yordamida kurashishga odatlanishgan. Biroq bunday yo‘lni tanlash ularga o‘rganib qolish va mutaxxasis yordamsiz ulardan voz kecha olmaslikka olib keladi.
Stressga qarshi yechim bormi?
Barchaga ma’lumki, to‘yib dam olishdan ko‘ra yaxshiroq dori yo‘q. Birinchi galda sifatli uyquni yo‘lga qo‘yib olish darkor. Uxlashdan oldin issiq vanna qabul qilib, sokin musiqa tinglash mumkin. Har kuni buni odatga aylantirishga harakat qilish lozim. Psixolog Devid Berns o‘zining “Yaxshi his etish. Kayfiyatning yangi terapiyasi” kitobida negativ emotsiyalarga sarflanadigan vaqtni nazorat qilishni maslahat beradi. Kitobda yozilishicha, 50 daqiqadan ortiq jahl qilish, yig‘lash, baqirish va nolish kerak emas. Qolaversa, e’tiborni pozitiv jihatlarga qaratish va diqqatni jamlashni ham yoddan chiqarmaslik kerak.
Stressning oldini olishda sovuq siquv yo‘li bilan yog‘i ajratib olingan sun’iy bo‘yoqlar va kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shilmagan 100 foiz tabiiy va halol mahsulot ham bor. Bu – ALHADAYA sedana moyidir:
• Tarkibidagi B guruh vitaminlari miyada qon aylanishlarini yaxshilashda;
• Markaziy asab tizimi faoliyatida;
• PP vitaminlari va Magniy miya funksiyalarining to‘g‘ri ishlashida;
• Pozitiv kayfiyat va energiyaga ega bo‘lishda;
• Miyada “Baxt” va Shodlik” gormonlari ishlab chiqarilishida;
• Diqqat va xotira faoliyatini yaxshilashda;
• Emotsional va ruhiy barqarorlikni tartibga solishda;
• Charchoq va holsizlikda yordam beradi.
Hoziroq qo‘ng‘iroq qiling va bepul konsultatsiya oling:
Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati – bepul!
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi