Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining barcha o‘rinbosarlari “uchdi”

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining barcha o‘rinbosarlari lavozimidan ozod qilindi.

Hukumat qaroriga muvofiq:

•    Rustamxon Kamolxonovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan;

•    Aziz To‘lqinovchi G‘ofurov O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan;

•    Aleksey Vadimovich Sim O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

Ma’lumot uchun, Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifasi tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o‘rganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yo‘nalishlarini aniqlash hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing