“Stranja-2022”. O‘zbek bokschilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

Sport

image

Kecha, 27 fevral kuni Bolgariyaning Sofiya shahrida “kichik jahon chempionati” sifatida e’tirof etiladigan “Stranja-2022” xalqaro turniri yakunlandi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Rossiya terma jamoasi esa 5 ta oltin bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa (2 ta erkaklar, 3 ta ayollar), kuchli uchlikka Qozog‘iston terma jamoasi 4 ta oltin medal bilan yakun yasab berdi (2 ta erkaklar, 2 ta ayollar).

Oltin:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Halokov
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Madiyor Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov

Bronza: 

-52 kg: Tursunoy Rahimova

Ma’lumot uchun, mazkur turnir o‘z tarixida 73-marotaba tashkil etildi. Unda jahonning 37 mamlakatidan 370 nafardan ortiq erkak va ayol bokschi ishtirok etdi. Musobaqa erkaklar o‘rtasida 13 ta, ayollar o‘rtasida esa 12 ta vazn toifasida tashkil etildi. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur turnirda 8 nafar erkak va 5 nafar ayol bokschi bilan qatnashdi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing