Stomatologiya instituti Finlyandiya universiteti bilan tibbiyot sohasi uchun menejment yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydi

Biznes

image

Oliy ta’lim tizimidagi xalqaro hamkorlik soha rivojlanishning ob’ektiv trendi bo‘lib, uning doirasida milliy ta’lim dasturlarini takomillashishiga va ekspertlar diskusini shakillanishiga olib keluvchi xalqaro loyiha va dasturlarning ahamiyati ortmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari orasida hamkorlikni kengaytirish, mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi islohotlarida faol ishtirok, davolash – profilaktika muassasalariga rahbar kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida xalqaro standartlar asosida menejmentning eng yaxshi amaliyotini va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishni ta’minlash maqsadida Toshkent davlat stomatologiya instituti Finlyandiyaning nufuzli JAMK universiteti bilan “Sog‘liqni saqlashda menejment” magistratura qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi.

2021 yilning 27 may kuni tibbiyot sohasida boshqaruv kadrlarni tayyorlashda Finlyandiyaning ilg‘or tajribasini kadrlar tayyorlash jarayoniga tadbiq etish, magistrlar tayyorlash jarayonini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, rahbar kadrlar tayyorlash samaradorligini jahon talablari asosida baholash kabi mavzularda institutning hamkor JAMK amaliy fanlar universiteti ekspertlari ishtirokida “Sog‘liqni saqlashda menejment” magistratura mutaxassisligi taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot davomida mazkur dasturning mahalliy kadrlar tayyorlashdagi o‘ziga hos o‘rni, o‘vuv dasturi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga mos ravishda tuzilganligi, ta’lim jarayoni Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida tashkil etilishi, amaliyot jarayoni Finlyandiyaning yetakchi davolash – profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Magistratura dasturini muvaffaqiyatli bitirib va dissertatsiyani himoya qilgan bitiruvchilar Toshkent davlat stomatologiya instituti va JAMK Universitetlar diplomlarga ega bo‘ladilar.

Kelajakka yo‘naltirilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan yangi ta’lim tizimining yaratilishi, davlat innovatsion rivojlanishining muhim shartlaridan biri bo‘lib, jamiyatning dinamik iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy rivojlanishining asosi va fuqarolar farovonligining muhim omili bo‘lib xisoblanadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing