Stoltenberg Ukrainadagi urush yana qancha davom etishini aytdi

Olam

image

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg G‘arb davlatlarini Ukrainada uzoq davom etadigan mojaroga tayyorlanishga chaqirdi. 

“Biz uzoq safarga tayyor bo‘lishimiz kerak”, deydi u kecha, 1 yanvar kuni e’lon qilingan BBC Britaniya radioeshittirish korporatsiyasiga bergan intervyusida.  

Uning fikricha, Rossiya Ukrainadagi maqsadlaridan voz kechish niyatida emas. Stoltenberg Rossiya Federatsiyasidagi safarbarlik Rossiya qo‘shinlarining yangi hujumga urinishidan dalolat berishini aytmoqda. 

NATO Bosh kotibi Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik o‘rnatish imkoniyati haqida gapirar ekan, mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuv shartlari jang maydonidagi vaziyatga bog‘liq bo‘lishini ta’kidladi.  

“Aksariyat urushlar tinchlik muzokaralari bilan tugaydi. Katta ehtimol bilan bu urushda ham shunday bo‘ladi. Lekin biz bilamizki, Ukraina uchun tinchlikka erishiladigan shartlar to‘liq jang maydonidagi kuchlar muvozanatiga bog‘liq”, deydi u.  

Shu munosabat bilan Stoltenberg Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tirishga va Ukrainani Yevropaning suveren, mustaqil davlati sifatida tan olishga ko‘ndirish uchun G‘arb Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishi zarur deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing