Statistika: kecha yana 900 dan ortiq odamda koronavirus va pnevmoniya aniqlandi

Jamiyat

−

image

2021 yil 17 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119388 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 507 kishida koronavirus va 436 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 13 nafari Buxoro viloyatida,
  • 55 nafari Jizzax viloyatida,
  • 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 45 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 41 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 38 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 55 nafari Toshkent viloyatida,
  • 121 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 44 nafar,
  • Andijon viloyatida 51 nafar,
  • Buxoro viloyatida 45 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
  • Navoiy viloyatida 15 nafar,
  • Namangan viloyatida 35 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 73 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 32 nafar,
  • Xorazm viloyatida 36 nafar,
  • Toshkent viloyatida 47 nafar,
  • Toshkent shahrida 81 nafar bemor sog‘aydi. 

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 114303 (+478) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 796 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing