SSVga yangi topshirilgan 223 ta avtomobilning 7 tasi bir kunda pachoq bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq UNICEF Toshkentdagi “Milliy” stadionida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati uchun 17 ta muzlatkichli yuk mashinasi va 206 ta Miniven-Labo avtomobilini topshirgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 23 fevral kuni ularning 6 tasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 23 fevral kuni soat 11:30 larda, Toshkent shahar Mirobod tumani Nukus va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorraha yaqinida, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hududiy boshqarmalarga foydalanish uchun topshirilib, olib ketilayotgan Changan rusumli avtomobil haydovchilaridan biri keskin tormoz bosishi oqibatida ortida harakatlanayotgan ushbu rusumdagi 6 ta avtomobil ham keskin tormozlanishi yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida 2 ta avtomobil texnik shikastlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

537

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing