SSV koronavirus tarqalishi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni ochiqladi

Jamiyat

image

Bugun, 3 noyabr kuni O‘zbekistonda 231 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 574 nafarga yetdi.

SSVning ta’kidlashicha, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida 214 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 67 626 nafar bemordan 64 885 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 167 nafar bemordan 257 nafari og‘ir, 69 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

486

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing