SSV koronavirus tarqalishi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi
Jamiyat
−
22 iyun 2021
125302021 yil 21 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 106847 nafarni tashkil etmoqda. SSV ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi sutkada 395 kishida koronavirus aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 12 nafari Andijon viloyatida,
• 18 nafari Buxoro viloyatida,
• 15 nafari Jizzax viloyatida,
• 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 5 nafari Navoiy viloyatida,
• 16 nafari Namangan viloyatida,
• 34 nafari Samarqand viloyatida,
• 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 35 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 27 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 19 nafari Xorazm viloyatida,
• 28 nafari Toshkent viloyatida,
• 156 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 nafar,
• Buxoro viloyatida 8 nafar,
• Jizzax viloyatida 12 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
• Navoiy viloyatida 5 nafar,
• Namangan viloyatida 7 nafar,
• Samarqand viloyatida 39 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 30 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 29 nafar,
• Xorazm viloyatida 14 nafar,
• Toshkent viloyatida 87 nafar,
• Toshkent shahrida 122 nafar bemor sog‘aydi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 102546 (+383) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 720 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3581 nafar bemor davolanmoqda.
Avvalroq, Afg‘oniston Islom Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotganligini inobatga olib, o‘zbek-afg‘on davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishini vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi