SSV bolalarda noma’lum virus tarqalayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zini tibbiyot xodimi, deb tanishtirgan shaxsning yo‘llagan murojaati hamda bolalar o‘rtasida noma’lum virus tarqalayotgani to‘g‘risida keng ommada xavotir va savollar ko‘paygani yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, har yili kuz va qish fasli gripp hamda o‘tkir respirator virusli infeksiya kasalliklari avj oladigan palla hisoblanadi. Shu bois, bu yil ham ayni shu mavsumda mamlakatda nafaqat bolalar, balki kattalar  o‘rtasida ham yilning boshqa davrlariga nisbatan gripp va O‘RVI xastaliklari nisbatan ko‘proq kuzatiladi.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy yil sentyabr oyi boshidan buyon O‘zbekistonda mavsumiy o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tarqalishini to‘liq nazoratga olgan va kasalikka chalingan barcha bolalar to‘liq shifokorlar nazoratida. Shunday ekan, yurtimizdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarini karantinga yopishga hech qanday asos yo‘q”, deyiladi xabarda.


Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli noto‘g‘ri xabarlarga ishonmaslik hamda vahimaga tushmaslik so‘ralgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

690

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing