SSV birdan 3 o‘lim haqida ma’lumot berdi

Jamiyat 12335
image

 Bugun, 22 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 181 taga oshdi va jami virus yuqtirganlar 38 412 nafarga yetd. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

• 169 nafari Toshkent shahrida;

• 8 nafari Toshkent viloyatida;

• 2 nafari Surxondaryo viloyatida;
 
• 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;

• 1 nafari Jizzax viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun, Toshkentda davolangan buxorolik 65 yoshli K.K. (erkak), Zangiota tumanidagi ko‘p tarmoqdi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan farg‘onalik 59 yoshli F.T. (ayol), poytaxtlik 29 yoshli B.L. (erkak), jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborlisi bugun, ayni paytga qadar Toshkent shahrida 228 nafar, Toshkent viloyatida 98 nafar, Samarqand viloyatida 26 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 4 nafar, jami 362 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayganlar soni 34 351 nafar (89 foiz)ga yetdi.

Hozirda mamlakatda 3 796 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 323
Reyting: 3
t
×