SSV necha kishi pnevmoniyaga chalingani va kasallik avj olgan hududlar haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 iyulidan boshlab O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan kasallanish holatlari bilan birga pnevmoniya aniqlangan bemorlar haqida ham ma’lumot berib borilmoqda.

Vazirlik 5 iyuldan bugunga qadar necha kishida pnevmoniya aniqlangani haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 22 kunda 7 996 kishida pnevmoniya aniqlangan bo‘lsa, ularning 2 503 nafari sog‘ayib chiqdi. So‘nggi sutkada 521 kishida ushbu kasallik qayd etilgan.

Pnevmoniyaga chalinish holatlari bo‘yicha Toshkent shahri (3028 ta) yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Poytaxtdan keyin eng ko‘p Toshkent (1159) va Jizzax (941) viloyatlarida pnevmoniyaga chalinish holati aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

421

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing