SSSRning sobiq Bosh prokurori vafot etdi
Olam
−
07 mart 2021
15640Sobiq SSSR Bosh prokurori, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasining faxriy xodimi, Buyuk Vatan urushi qatnashchisi Aleksandr Suxarev 97 yoshida vafot etdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Suxarevning vafoti munosabati bilan Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin tomonidan hamdardlik bildirilgan.
“Bu barchamiz uchun – Aleksandr Yakovlevichning talabalari, hamkasblari, izdoshlari va quroldoshlari uchun tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishdir. Davr odami, u ko‘p qirrali shaxs edi va uzoq va munosib hayot kechirdi”, deydi Bastrikin.
Suxarev 1984 yil martdan 1988 yil fevralgacha RSFSR Adliya vaziri, 1988 yil 26 maydan 1990 yil 25 fevralgacha SSSR Bosh prokurori vazifalarida ishlagan.
LiveBarchasi