SSSRning nayranglaridan omon chiqqan Nazir Rajabov vafot etdi

Jamiyat

image

Taniqli davlat va jamoat arbobi Nazir Rajabov 84 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi ma’lum qildi. 

Nazir Rajabovich Rajabov 1939 yil 9 mayda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. O‘rta Osiyo politexnika institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Shundan so‘ng 1961-1978 yillar oralig‘ida mutaxassisligi bo‘yicha bir qancha joylarda ishlab kelgan.

1978-1983 yillarda O‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligi qurilish vaziri, 1983-1984 yillarda O‘zbekiston SSR qurilish vaziri lavozimida ishlagan. 1984-1987 yillarda Namangan viloyatini, 1987-1988 yillarda esa Samarqand viloyatini boshqargan.

1988 yil 19 oktyabrda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi lavozimidan “O‘z nomiga dog‘ tushirgani uchun“ ozod qilingan, shu zahotiyoq SSSR prokuraturasi tomonidan ushlangan va 9 oyga hibsga olingan. Har tomonlama tergov jarayonida unga qo‘yilgan ayblovlar tasdiqlanmagani uchun unga nisbatan jinoyat ishi jinoyat hodisasi bo‘lmaganligi sababli ish tugatilgan.

“Xalqimizda dunyo yaxshi insonlarga suyanadi, degan gap bor. Ammo bu yaxshilar orasida ham Xudo nazar qilganlari, iqtidorli va noyob zakovat egalari mavjud. Qirq besh yoshidayoq viloyatning birinchi rahbari, mamlakat va respublika davlat mukofoti sohibi bo‘lgan Nazir Rajabov ana shunday mo‘’jizaviy xislatli insonlardan biri edi”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing