SSSR xalq artisti Alla Ioshpe vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

SSSR xalq artisti, estrada xonandasi Alla Ioshpe 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda yozuvchi Mariya Arbatova Facebook’da ma’lum qildi.

“Alla Ioshpe – g‘ayrioddiy go‘zallik va iste’dod egasi vafot etdi. Xudo Staxanga [Rahimovga] sog‘lik va kuch-quvvat bersin”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Alla Ioshpe 1937 yilda tug‘ilgan. 1960-1970 yillarda u SSSRdagi eng mashhur estrada xonandalaridan biriga aylandi. 1970 yillarning oxirida u va uning eri, estrada xonandasi Staxan Rahimovga mamlakatdan chiqib ketish va sahnaga chiqish taqiqlandi. Ularning kassetalari sotuvdan olib tashlandi va yo‘q qilindi. Faqat 1980 yillarning oxirlarida Rahimov va Ioshpega yana sahnada kuylashga ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SSSR xalq artisti Vasiliy Lanovoy koronavirusdan vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing