SSSR birinchi Qahramonining qizi vafot etdi
Olam
−
08 avgust 2019
63288 avgust kuni afsonaviy qutbli uchuvchi, SSSR birinchi Qahramoni Anatoliy Lyapidevskiyning qizi va “Oq sahro Quyoshida” filmida o‘rtoq Suxov roli bilan yaxshi tanilgan aktyor Anatoliy Kuznetsovning bevasi Aleksandra Lyapidevskaya vafot etdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Aleksandra Lyapidevskaya 87 yoshida edi. U umrining so‘nggi yillarda Moskva yaqinidagi Nikolina Gora qishlog‘ida yozgi uyda yashadi.
Uch yil oldin Aleksandar va uning qizi Moskva markazida - Glinischevskiy tor ko‘chasidagi uch xonali kvartira uchun mojaroga duch keldi, chunki Anatoliy Kuznetsov vasiyatnomasida bu qayd etilmagan va aktyorning bevasi u vafot etgach, yozgi uyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi.
Aleksandra Lyapidevskayaning otasi Anatoliy Lyapidevskiy SSSRda birinchi bo‘lib Chelyuskinsevni qutqargani uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. 1934 yilda uchuvchi muzli qatlamiga qo‘nib, Bering bo‘g‘oziga qulagan 12 kishilik Chelyuskin qayig‘ini qutqargan.
LiveBarchasi